16:38 / 10.09.2020
2 312

Habib Nurmagomedov Jastin Getjining Toni Fergyusondan ustun jihatlarini aytdi

Habib Nurmagomedov Jastin Getjining Toni Fergyusondan ustun jihatlarini aytdi
Foto: Twitter / @SportBible
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov bo‘lajak raqibi Jastin Getji haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- "Getji Fergyusonni qay ahvolga solganini o‘zingiz ko‘rdingiz. U Tonini barcha jabhada yengdi. Getji Toni Fergyusondan ancha yosh, motivatsiyaga boy va yutuqlarga o‘ch.

U oyoqda juda yaxshi turadi va kurashi ham joyida. Uning hech qaysi raqibi kurash borasida xavf tug‘dira olmagan. Biroq men uning barcha raqiblaridan ajralib turaman. U endi boshqa jangchi bilan to‘qnashishga majbur.

Treshtok? (jangdan avval raqibiga haqoratli gaplar aytish) Ha, hamma narsa bo‘lishi mumkin, biroq men bunday narsalarni yoqtirmayman. Agar menga tegilmasa, bu ishni qilmaslikka harakat qilaman.

Jastin bilan juda yaxshi tanishmiz, u menga 2016 yildagi jarohat va operatsiyadan keyingi tanaffus vaqtida vazn qilishimga yordam bergan.
Unga faqat hurmat bilan qarayman — bu yigit o‘z maqsadiga erishdi va vaqtinchalik chempion hisoblanadi. Unga hech qanday savolim yo‘q
", - deydi Habib Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, Habib va Getji o‘rtasidagi jang 24 oktabr kuni «Jangchilar oroli»da o‘tkaziladigan UFC 254 musobaqasida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov Jastin Getjining Toni Fergyusondan ustun jihatlarini aytdi