00:35 / 11.09.2020
2 555

Ro‘ziqul Berdiyev: "Tez o‘ylash va harakat qilish - hozirgi futbolning talabi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Tez o‘ylash va harakat qilish - hozirgi futbolning talabi"
"Nasaf" - "Qizilqum" uchrashuvidan keyin mezbonlar jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida qatnashdi.
- Natija biz kutgandek bo‘ldi. G‘alaba uchun maydonga tushgandik. O‘yinga tuzgan rejamiz ham amalga oshdi. "Qizilqum" tarkibida tajribali futbolchilar ko‘p edi, so‘nggi o‘yinlarda ular to‘pni o‘zlarida ushlab tura olayotgandi. Raqiblar to‘pga egalik qilayotgan paytda ularga bosim o‘tkazishimiz kerak edi va buni yigitlar juda yaxshi uddalashdi. Shuningdek, biz raqiblarga qaraganda chaqqonroq o‘ynashimiz kerak edi.

O‘ylaymanki, buni ham yigitlar yaxshi bajarganini barcha ko‘rdi. Vaziyatlarning barchasidan ham foydalana olmadik. Tan olish kerak, Nesterov bugun jamoani bir necha yaqqol golli vaziyatlardan qutqarib qoldi. Bugun 3 ochko olish uchun 4ta gol yetarli bo‘ldi. Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun sifatli va mazmunli o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik. Hozirgi futbolning talabi - tezroq harakat qilish va tezroq o‘ylash kerak. Futbolchilarni shunga o‘rgatyapmiz. Raqibga bosim o‘tkazib, to‘pni iloji boricha ushlab turish kerak. Futbolchilarim buni eplashyapti.

- Darvozabon - yarim jamoa. Ignatiy Nesterov shunday darvozabonlardan biri. Bugun yirik hisob qayd etilishi siz uchun qanchalik kutilmagan bo‘ldi?
- Yirik hisobda g‘alabaga erishishni reja qilgandik. Nesterov haqida qancha gapirsangiz ham, ta’rif bersangiz ham juda oz. Nesterov futbolimiz afsonasi, u o‘zbek futboli uchun ko‘p narsa bergan. Umuman olganda raqiblar tarkibidagi ko‘plab futbolchilar tajribali edi. Shunday raqibni ko‘rib, bugun sizlar yirik hisobda yutasiz, deyishganida ko‘pchilik ishonmasdi. Lekin biz uchun o‘yin shunday yaxshi kechdi-ki, biz vaziyatlarni golga aylantira oldik. Shu sababdan raqiblar ochilishga majbur bo‘ldi va biz qarshi hujumlardan unumli foydalandik.

- Dilaver Xarisning jamoadan ketishini qandavy baholaysiz?
- U jamoaga kirishib keta olmayotganini tushundi va shartnomani bekor qildik.

- Traore vaqtida qaytdi deb o‘ylaysizmi?
- Traoreni "Dinamo"ga ijaraga bermoqchi edik. Biroq ular negadir buni istashmadi. Unga imkoniyat beramiz, u yuqori potensialli futbolchi. Gavdasiga nisbatan texnikasi ham yaxshi. Shu boisdan uni asosiy tarkibga kira oladigan futbolchi sifatida yetishtira olamiz, degan umiddamiz va bunga harakat qilamiz.

- "Nasaf"ning logotipini o‘zgarishini qanchalik istagandingiz?
- Birinchidan bu muxlislarning talabi edi. Biz muxlislar uchun barchasiga tayyormiz. Klubdagi insonlar bu borada jiddiy ishladi va almashtirishdi. Muxlislarga yoqqan bo‘lsa bo‘ldi.

- "Nasaf" juda shijoatli jamoa. Biroq "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda bu ko‘rinmadi.
- "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan keyin ham aytgandim. Ularga qarshi o‘ynash juda qiyin. "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda katta kuch yo‘qotib, "Bunyodkor" bilan bahsda qiyin holatga tushib qolishimiz mumkin edi. To‘g‘risini aytganda, "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinda yaxshi holatda bo‘lish uchun "Paxtakor" bilan sekin o‘ynashga qaror qildik.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Tez o‘ylash va harakat qilish - hozirgi futbolning talabi"