Foto: «Lokomotiv» FK
Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliganing 15-turida «Lokomotiv» jamoasi 15 sentabr, seshanba kuni «Navbahor»ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv keskin kurashlarga boy bo‘ldi. Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsiz qoldi. Uchrashuvning 65-daqiqasida zaxiradan maydonga qo‘shilganiga ko‘p bo‘lmagan Avazbek O‘lmasaliyev «temir yo‘lchilar»ning kombinatsiyasini gol bilan yakunladi.
O‘yin yakuniga qadar har ikki jamoada ham yana bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq hisob o‘zgarishsiz qoldi.
Mazkur g‘alabadan keyin «Lokomotiv» ochkolarini 18 taga yetkazib oldi va 9-o‘ringa ko‘tarildi. «Navbahor» (20) esa 7-pog‘onada bormoqda.
«Lokomotiv» 16-turda «Buxoro» bilan o‘ynaydi, «Navbahor» esa «Andijon»ga qarshi bahs yuritadi.
«Lokomotiv» — «Navbahor» 1:0
Gol: 1:0 – 65 O‘lmasaliyev.
«Lokomotiv»: Javohir Ilyosov, Jahongir Abdumo‘minov (Avazbek O‘lmasaliyev, 64), Slavko Damyanovich (Jaloliddin Jumaboyev, 64), Marat Bikmayev (Ibrohim G‘anixonov, 90+4), Temurxo‘ja Abduxoliqov, Azizbek Amonov (Javohir Alijonov, 90+4), Saveliy Abramov (Diyorjon Turopov, 46), G‘ulom Haydar G‘ulomov, Dilshodjon Komilov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Fayziyev.
«Navbahor»: O‘tkir Yusupov, Ehsoni Panshanbe, G‘iyos Komilov (Pavel Golishev, 83), Azim Ahmedov, Ivan Solovyov (Ruslan Bolov, 73), Aziz Turg‘unboyev, Mirzohid G‘ofurov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Islom Rashidxonov (Islom Isoqjonov, 53), Zabihillo O‘rinboyev.
Ogohlantirishlar: G‘ofurov (10), Damyanovich (57). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi