10:16 / 18.09.2020
1 924

Shota Arveladze: "Oxirgi 20 daqiqada jamoalar keyingi o‘yinni o‘ylay boshlashdi"

Shota Arveladze: "Oxirgi 20 daqiqada jamoalar keyingi o‘yinni o‘ylay boshlashdi"
OCHL 4-turi doirasida "Paxtakor" jamoasi "Al Hilol" bilan nursiz durangga imzo chekdi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Shota Arveladze quyidagi fikrlarni aytib o‘tdi.

- Ikki turli bo‘limlarga guvoh bo‘ldik. Birinchi bo‘lim ko‘proq kutilganidek kechdi, jamoalar yaxshi harakat qilishdi. Vaziyatlar yaratishga urindik. Raqib to‘pni nazorat qilish, to‘g‘ri o‘ynashga intildi. Shogirdlarimga birinchi bo‘lim uchun minnatdorchilik bildiraman. Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa o‘yinchilari og‘irroq oyoq bilan o‘ynashdi.

Uch kunda o‘yin rejimida bu oddiy holat. Futbolchilar ko‘p tavakkal qilishni istashmadi. Qisqa muddatli turnirlarda ochkoni qo‘lga kiritish, keyingi o‘yin haqida o‘ylash ro‘y beradi. Yigitlarni ikki yaxshi o‘yin bilan tabriklayman. To‘p va sur’atni nazorat qildik, ammo ba’zida tajovuzkorlik yetishmadi. Zarbalar berish, to‘pni uzatishlar yetishmay qoldi. Jamoamga keyingi ikki o‘yinda ishonaman.

Syurprizlarni kuzatmadik. Biz nazarda tutgan holatlarni raqib ham e’tiborga oldi. Birinchi bo‘limda ancha ochiq o‘yin kechdi. Ikkinchi bo‘limning oxirgi 20 daqiqasida hamma ochko va keyingi o‘yin to‘g‘risida o‘ylay boshladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Oxirgi 20 daqiqada jamoalar keyingi o‘yinni o‘ylay boshlashdi"