Eshitimizga qaraganda, Namanganning "Navbahor" jamoasi kelasi mavsum uchun rejalarni tuzmoqda. Klub rahbariyati jamoaning joriy mavsumdagi ishtirokidan qoniqish xosil qilmayapti va qo‘yilgan vazifalarni uddalay olmayotgan murabbiylar shtabining ishini qayta ko‘rib chiqishni maqsad qilgan.
Katta ehtimol ayni paytda jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis uchun bo‘lajak o‘yinlar oxirgi imkoniyatga aylanishi mumkin. Agarda ehtimoliy iste’fo ruy bersa, jamoani yil so‘nggiga qadar yaqinda "Navbahor"ga kelgan yordamchi murabbiy No‘’mon Hasanov boshqarib turishi aytilmoqda. Shuningdek, Kanchelskis bilan shartnoma va tovon puli ko‘rsatilgani bois, klub Kanchelskisga boshqa lavozim taklif etishi ham mumkin. Ya’ni, klub Kanchelskisdan bosh murabbiylik vakolatini olib qo‘yib, shartnoma shartlarini bajarishda davom etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Navbahor" rahbariyati mavsum avvalida jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo‘yilgani va namanganliklar kamida OCHL yo‘llanmasi uchun kurashishlarini ta’kidlagandi. Lekin jamoaning hozirgi egallab turgan o‘rni klub rahbariyatini aslo qoniqtirmayapti.
Shu bois rahbariyat kelasi mavsumda jamoa ruliga "Navbahor"ning sobiq murabbiyi Ilhom Mo‘minjonovni qaytarmoqchi. Eshitishimizga qaraganda, Mo‘minjonov klub rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazgan va og‘zaki kelishuv amalga oshgan.
Xabaringiz bor, futboldan ma’lum vaqt chetlatilgan Ilhom Mo‘minjonovning diskvalifikatsiyasi yil so‘nggida nihoyasiga yetadi va kelasi mavsumdan yana ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. "Navbahor" rahbariyati jamoaning muvaffaqiyatsizligini aynan Ilhom Mo‘minjonovni rulga qaytarish orqali to‘htatmoqchi.
Ma’lumot uchun: "Navbahor" Superliganing 15-turidan keyin 20 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. "Navbahor"ning g‘alabasiz seriyasi 6 o‘yinga cho‘zilgan. Jamoa so‘nggi bor 13 iyul kuni "Qizilqum"ni mag‘lub etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi