17:55 / 28.09.2020
2 907

Diyor Imomxo‘jayev nega "Paxtakor"ga qur’ada "Persepolis" tushishini istagandi?

Diyor Imomxo‘jayev nega "Paxtakor"ga qur’ada "Persepolis" tushishini istagandi?
Hozirgina Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo Chempionlar ligasi G‘arb mintaqasi chorak finali uchun qur’a tashlandi. Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan "Paxtakor"ning ushbu bosqichda kim bilan o‘ynashi aniq bo‘ldi. Unga ko‘ra "sherlar" yana Eron vakili bilan kuch sinashishadi. 30 sentabr kuni Shota Arveladze shogirdlari "Persepolis" to‘sig‘idan o‘tishiga to‘g‘ri keladi.

Qur’adan so‘ng PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida o‘z fikrlarini bildirdi.
- "Paxtakor" ketma-ket uchinchi o‘yinda ham forslarga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. Bu safargi raqib — "Persepolis".

Qur’agacha aynan shu raqib to‘qnash kelishini istagandim. Saudiya klublari bilan solishtirganda Eron jamoalari bilan statistikamiz baribir yaxshiroq. Ammo finalga teng o‘yinlarda raqibning farqi ba’zida ahamiyatsiz bo‘lib qoladi, bunda hamma yashash uchun o‘ynaydi.

Biz paxtakorchilardan yarim final chiptasini kutamiz. Garchi "Persepolis" bungacha juda kuchli raqibni ojiz qoldirgan bo‘lsa-da, ayni vaqtda bizda xotirjamlik bor
, - deya yozib qoldirdi Diyor Imomxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev nega "Paxtakor"ga qur’ada "Persepolis" tushishini istagandi?