Foto: WBN
Filippinlik bokschi Menni Pakyaoning yordamchisi Jeyk Jonson sportchining sobiq UFC chempioni Konor Makgregor bilan jang qilishga rozi bo‘lgani haqida gapirdi.
- Filippindagi barcha koronavirus qurbonlari uchun senator Menni Pakyao kelasi yilda UFC’ning super yulduzi Konor Makgregor bilan jang qiladi. U oladigan mablag‘ning katta qismi mamlakat bo‘ylab pandemiyadan aziyat chekkanlarga taqdim etiladi, deydi Menni Pakyaoning yordamchisi Jeyk Jonson.
Shuningdek, Pakyao va Makgregorning menejeri Odi Attar ham ular o‘rtasidagi jang o‘tkazilishi ehtimoli ancha yuqori ekanini aytgandi.
Avvalroq Konor Makgregorning o‘zi ham Pakyao bilan jang o‘tkazmoqchi ekanligi haqida gapirgandi.
Ma’lumot uchun, Menni Pakyao faoliyati davomida 62 ta jangda g‘alaba qozongan (39 tasida nokaut bilan). 7 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan, uning ishtirokidagi yana 2 ta jang durang bilan yakunlangan. Konor Makgregor esa MMA’dagi faoliyati davomida 22 ta jangda g‘alaba qozongan, 19 tasi nokaut evaziga. 4 ta jangda esa mag‘lub bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar