Messi JCh-2014 finalidan so‘ng tushgan rasmi yilning eng yaxshi sportga oid rasmi deb topildi

Xitoylik fotosuratchi har yil bo‘lib o‘tadigan World Press Photo marosimida “Eng yaxshi sportga oid rasm” nominasiyasida g‘alaba qozondi. Bu haqida sports.ru xabar qiladi.
Xitoylik Germaniyaga (0:1) qarshi JCh-2014 finalidan so‘ng Argentina termasi sardori Lionel Messini suratga tushirgani uchun sovrinni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida 2014da Argentina termasi Germaniyaga 1-0 hisobida imkoniyatni boy bergandi. O‘shanda Messi musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan.
Qo‘shimcha qilsak, hozirgi kunda World Press Photo fotojurnalistlar o‘rtasida o‘tkaziladigan eng obro‘li xalqaro konkurs hisoblanadi. Uning shtab-kvartirasi Amsterdamda joylashgan.

Manba: www.stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing