21:23 / 30.09.2020
2 433

Vadim Abramov Eron va BAA bilan o‘yinga Shomurodov, Yaxshiboyev, O‘runov va boshqa legionerlarni chaqirdi

Vadim Abramov Eron va BAA bilan o‘yinga Shomurodov, Yaxshiboyev, O‘runov va boshqa legionerlarni chaqirdi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib boradi.

Shu sababli, Milliy jamoamiz uchun 3-16 oktabr kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi. Ushbu yig‘in doirasida Eron hamda BAA terma jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgan.

8 oktabr kuni terma jamoamiz Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs “Paxtakor” stadionida soat 18.00 da boshlanadi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 oktabr kuni Dubay shahrida BAA vakillariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig‘inga 32 nafar futbolchini jalb etdi. Pandemiya sababli yuzaga kelgan bir necha oylik tanaffusdan so‘ng, xorijiy chempionatlarda to‘p surayotgan bir qator hamyurtlarimiz ham ushbu o‘rtoqlik o‘yinlariga chaqiruv olgan.

Yig‘inga chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar: Eldorbek Suyunov ("Paxtakor"), Abduvohid Ne’matov ("Nasaf"), Rahimjon Davronov ("Mash’al")

Himoyachilar: Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Yegor Krimes ("Paxtakor"), Rustamjon Ashurmatov("Kvandju", Janubiy Koreya), Igor Golban("Navbahor"), Islomjon Qobilov ("Bunyodkor"), Ibrohimhalil Yuldashev ("Bunyodkor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Murod Holmuhammedov("Qo‘qon-1912"), Farrux Sayfiyev ("Paxtakor").

Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov ("Sharja", BAA), Lutfulla To‘rayev ("Bunyodkor"), Abrorbek Ismoilov ("Paxtakor"), Aziz Turg‘unboyev ("Navbahor"), Jamshid Iskanderov ("Seongnam", Janubiy Koreya), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboyev ("Seul", Janubiy Koreya), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Oston O‘runov ("Spartak", Rossiya), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Sardor Sobirxo‘jayev ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Azizjon G‘aniyev ("Shabab Al Ahli", BAA).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya), Shahzod Ubaydullayev ("Metallurg"), Jasur Yaxshiboyev ("Shaxtyor Soligorsk", Belarus), Igor Sergeyev ("Paxtakor").

Manba: ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov Eron va BAA bilan o‘yinga Shomurodov, Yaxshiboyev, O‘runov va boshqa legionerlarni chaqirdi