09:30 / 01.10.2020
2 922

"Paxtakor" murabbiyi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

"Paxtakor" murabbiyi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
"Paxtakor" yordamchi murabbiyi Piter Xyuistra chorak final bahsidan keyin matbuot anjumanida o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:

"O‘yinni yaxshi boshladik. Hammasi biz kutgandek ketayotgandi, biroq kutilmaganda futbolchimiz qizil kartochka olib, rejalarimiz o‘zgarib ketdi. Bir kishi kam bo‘lib qolishimizga qaramay, oxirigacha kurashdik va buning uchun yigitlarga rahmat aytaman. O‘ylaymanki, Osiyo Chempionlar Ligasida o‘zimizni ko‘rsata oldik. Afsus, chorak finalda musobaqa bilan xayrlashyapmiz, lekin jamoa kelajakda ko‘p narsaga qodir, deya olaman.

Men qizil kartochka berilgan vaziyatni to‘liq ko‘ra olmadim. Lekin VAR yordamida hakam qaror chiqarib, sariq kartochkani qizilga o‘zgartirdi va futbolchimizni chetlatdi. Faqat shuni aytishim mumkin, xolos.

Jaloliddin juda xafa. Nihoyatda tushkun kayfiyatda va jamoaga yordam bera olmaganidan afsusda. Albatta, Masharipov chetlatilishini hech kim kutmagandi. Lekin men bir jihatga e’tiboringizni qaratmoqchiman: Bizdan oldin shu stadionda "Al-Nassr" - "Al-Ahli" uchrashuvi o‘tkazildi va unda ham VAR ko‘rib chiqsa bo‘ladigan xuddi shunday darajadagi qo‘pollik kuzatildi.

Lekin negadir hech kim indamadi. Ammo bizning futbolchimiz shunday qo‘pollik qilganida, darhol o‘yinni to‘xtatib, VARga murojaat qilishdi. Natijada videotakrorlardan foydalanish bizda ikki xil taassurot uyg‘otdi. OFKdan hakamlar saviyasini oshirishni so‘rab qolgan bo‘lardim.

Biz Hojimatni anchadan beri bilamiz. Uni bekorga ijaradan qaytarib olmadik. Biz bu futbolchiga ishonamiz. Ikkinchi taymda uni maydonga tushirdik va o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish etdi. Bu o‘yindagi yoqimli jihatlardan biri bo‘ldi", deya Piter Xyuistra so‘zlarini keltirmoqda "Paxtakor" klubi rasmiy "Telegram" sahifasi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" murabbiyi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?