
"La Gazzetta dello Sport" nashri A Seriya klublarida to‘p suruvchi futbolchilarning ish haqlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, "Jenoa" klubi maoshlar uchun yiliga 41 mln yevro sarf etishi ma’lum bo‘ldi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov yiliga 1,3 mln yevro maosh oladi va u bu orada klubda katta maoshga ega bo‘lgan ikkinchi futbolchi sanaladi. Faqatgina 31 yoshli yarim himoyachi - Milan Badel Eldordan ko‘proq maosh oladi (1,4 mln yevro).
Umuman olganda, futbolchilarga eng ko‘p maosh to‘lovchi klublar reytingida "Jenoa" A Seriyadagi 20 klub orasida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar