
Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tgani haqiqatan shov-shuvli transfer bo‘ldi va uning atrofidagi fikr-mulohazalar, taxmin va tahlillar hamon tingani yo‘q. Biz Eldor Shomurodovning faoliyatidagi eng muhim qirralar haqida ma’lumot berishga qaror qildik.
"E’tibor bergan bo‘lsangiz, “Jenoa” rahbariyati, rasmiylari yoki bosh murabbiyi Rolando Maran hamyurtimiz Eldor Shomurodovning transferi, imkoniyatlari, undan nimalarni kutayotgani haqida birorta rasmiy bayonot bergani yo‘q.

“Jenoa”ning maqsadi va imkoniyatlariga baho berishga harakat qilamiz.
“Jenoa” bir necha yildan beri o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ya olmayapti. So‘nggi o‘nta mavsumda genuyaliklar bir marta Yevrokuboklar hududiga kirgan bo‘lsa-da, amalda qo‘lidan hech nima kelmagan. Qolgan mavsumlarda jamoa musobaqa jadvalining ikkinchi qismida turli o‘rinlarni egallab, asosiy e’tiborini yuqori ligadagi o‘rnini saqlab qolishga qaratyapti.
Genuyaliklar superhujum va ko‘p gol uradigan futbolchilarga ega emas. Lekin bosh murabbiy Rolando Maran serg‘oya mutaxassis sifatida tanilgan. Klub rahbariyati bu murabbiy jamoadagi ruhiyat va vaziyatni o‘nglay olishiga ishonch bildirmoqda"... “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar