Pike: "Messining jamoada obro‘si baland, ammo Luis Enrike bu erda boshliq"

"Barselona" klubi himoyachisi Jerar Pike jamoadoshi Lionel Messining klubdagi obro‘si bosh murabbiy Luis Enrikenikidan baland ekani haqidagi xabarlarni rad etdi.
"Luis Enrike "Barselona"da xo‘jayin. Aynan u jamoani boshqaradi va hammadan ko‘p buyruq beradi. Albatta, Messining jamoadagi o‘rni juda katta, ammo jamoani Enrike boshqaradi. Messi hamda Luis Enrike o‘rtasida tortishuv bo‘lgan bo‘lsa ham, bu ortda qoldi. Bu masalaga yana qaytish shart emas", - deydi Pike.
Manba: www.stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing