2 119
Bellator sobiq chempioni: Jastin Getji Habibni mag‘lub etish uchun barcha xususiyatga ega
O‘rta vazn toifasida Bellator sobiq chempioni Aleksandr Shlemenko UFC chempioni Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Getji g‘alaba qozonishi uchun o‘rta masofaga chiqishga harakat qilishi kerak. U yerda Jastin maksimal kuchini namoyish qila oladi, Habibga bosim qiladi, oktagon markazini egallaydi va ikkinchi raqamda ishlamaslik imkoniyatiga ega bo‘ladi. Uning o‘rnida bo‘lganimda kurashdan qochgan holda turli pozitsiyalardan yo‘llanadigan tezkor zarbalarda e’tibor qaratgan bo‘lardim, shuningdek, tizza zarbalariga ham.
Agar u parterdan chiqib keta olsa va klinchda zarba yo‘llaydigan bo‘lsa, u holda g‘alaba qozonishi mumkin. Aslini olganda Habibni yengish uchun unda hamma narsa bor. Shunchaki bundan unumli foydalanish lozim, u buni qanday amalga oshirishini jangda ko‘rib olamiz. Bu qiziqarli jang bo‘ladi, sababi nokautchida qolgan jangchilardan farqli ravishda doim imkoniyat bo‘ladi. Hamma vaqt, istalgan raqib bilan», — deydi Shlemenko.
Habib Nurmagomedov 24 oktabr oqshomida UFC 254 musobaqasida Jastin Getjiga qarshi jang qiladi. Qayd etish joiz, UFC 254 musobaqasida o‘zbekistonlik Liliya Shokirova ham ishtirok etadi. Ushbu musobaqani bu yerda tomosha qilish mumkin — havola. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi