20:21 / 23.10.2020
2 060

Bellator sobiq chempioni: Jastin Getji Habibni mag‘lub etish uchun barcha xususiyatga ega

Bellator sobiq chempioni: Jastin Getji Habibni mag‘lub etish uchun barcha xususiyatga ega
O‘rta vazn toifasida Bellator sobiq chempioni Aleksandr Shlemenko UFC chempioni Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Getji g‘alaba qozonishi uchun o‘rta masofaga chiqishga harakat qilishi kerak. U yerda Jastin maksimal kuchini namoyish qila oladi, Habibga bosim qiladi, oktagon markazini egallaydi va ikkinchi raqamda ishlamaslik imkoniyatiga ega bo‘ladi. Uning o‘rnida bo‘lganimda kurashdan qochgan holda turli pozitsiyalardan yo‘llanadigan tezkor zarbalarda e’tibor qaratgan bo‘lardim, shuningdek, tizza zarbalariga ham.

Agar u parterdan chiqib keta olsa va klinchda zarba yo‘llaydigan bo‘lsa, u holda g‘alaba qozonishi mumkin. Aslini olganda Habibni yengish uchun unda hamma narsa bor. Shunchaki bundan unumli foydalanish lozim, u buni qanday amalga oshirishini jangda ko‘rib olamiz. Bu qiziqarli jang bo‘ladi, sababi nokautchida qolgan jangchilardan farqli ravishda doim imkoniyat bo‘ladi. Hamma vaqt, istalgan raqib bilan», — deydi Shlemenko.

Habib Nurmagomedov 24 oktabr oqshomida UFC 254 musobaqasida Jastin Getjiga qarshi jang qiladi. Qayd etish joiz, UFC 254 musobaqasida o‘zbekistonlik Liliya Shokirova ham ishtirok etadi. Ushbu musobaqani bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bellator sobiq chempioni: Jastin Getji Habibni mag‘lub etish uchun barcha xususiyatga ega