20:53 / 26.10.2020
2 604

Habib Nurmagomedov Getji qarshi jangning 1-raundini boy bergani ma’lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedov Getji qarshi jangning 1-raundini boy bergani ma’lum bo‘ldi
Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasida kechgan jangdan keyin hakamlarning birinchi raund bo‘yicha chiqargan qarorlari ma’lum bo‘ldi.
Jurnalist Mark Raymondining xabar qilishicha, bellashuvning birinchi raundi hakamlar qarori bo‘yicha Getji foydasiga hal bo‘lgan — 10:9, 9:10, 10:0.

Foto: Twitter/@marc_raimondi
Shu tariqa Habib faoliyatidagi boy berilgan raundlar soni ikkitaga yetdi. Undan avval rossiyalik yakkakurashchi 2018 yilning oktabrida Konor Makgregorga qarshi kechgan jangning uchinchi raundini o‘z foydasiga hal qila olmagandi.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov 24 oktabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) «Jangchilar oroli»da bo‘lib o‘tgan musobaqada Jastin Getjini ikkinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab mag‘lubiyatga uchratdi. Jangdan keyin rossiyalik sportchi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov Getji qarshi jangning 1-raundini boy bergani ma’lum bo‘ldi