
Professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashevning navbatdagi jang sanasi aniq bo‘ldi.
SPORTS.uz’ga ma’lum bo‘lishicha, Shohjahon 16 noyabr kuni Moskvadagi “Vegas City Hall” arenasida belaruslik bokschi Dimitriy Milyushaga qarshi ringga chiqadi. Ushbu jang "Match TV", "iboxing" hamda "Boyes" telekanallari hamkorligida tashkil etilmoqda.
Shohjahon Ergashev professional boksda jami 18 ta jang o‘tkazib, shulardan 16 tasida nokaut evaziga g‘alaba qozongan. Uning bo‘lajak raqibi Dimitriy Milyusha 9 ta jang o‘tkazib shundan 4 tasida nokaut bilan g‘alaba qozongan, 1 ta durang va 3 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing