Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi UYEFA bilan o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ygandi. Mana shu hamkorlik doirasida UYEFA texnik konsultanti Rojer Meyxri yurtimizga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida UYEFA vakili O‘zbekistondagi hududiy futbol assotsiatsiyalarining har bir yo‘nalish bo‘yicha olib borayotgan faoliyatini atroflicha o‘rganish, yurtimizdagi murabbiylar ish faoliyati va tajribasini tahlil qilish hamda tajriba almashish, texnik direktor lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan talab va tavsiyalar bo‘yicha ma’lumot berish kabi vazifalarni maqsad qilgan.
Bugun kunning birinchi yarmida Rojer Meyxri O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida bo‘ldi. O‘FA rahbariyati bilan uchrashuvda O‘zbekistonda UYEFA bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar dasturi muhokama qilindi.
UYEFA konsultanti O‘zbekistonda deyarli 20 kun davomida mamlakatimizning barcha viloyatlarida bo‘lib, joylardagi futbol bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib chiqish hamda o‘z xulosa va takliflarini taqdim etishni reja qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?