12:00 / 31.10.2020
3 017

Habib Nurmagomedov sportni tark etishining yana bir sababini ma’lum qildi

Habib Nurmagomedov sportni tark etishining yana bir sababini ma’lum qildi
Foto: «Interesnyefakty.org»
MMA jangchisi Habib Nurmagomedov karerasini tugatish qarorini izohladi, deb yozadi «TASS».

Sportchining so‘zlariga ko‘ra, amerikalik Jastin Geyji bilan jangdan oldin uning jiddiy jarohati bo‘lgan. Shu tufayli besh kun reanimatsiyada yotishiga to‘g‘ri kelgan. Nurmagomedov sportni tark etish qarorini juda qiyinchilik bilan qabul qilganini tan oldi. Chunki butun hayotini shug‘ullanishga bag‘ishlagandi. Endi o‘z imkoniyatlarini boshqa sohada sinab ko‘rishiga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq amerikalik murabbiyi Xaver Mendes va UFC rahbari Deyn Uayt Nurmagomedovning qaytishiga sha’ma qilgandi. Deyn Uaytning fikricha, rossiyalik jangchi koronavirus asoratlari tufayli vafot etgan Abdulmannop Nurmagomedov uchun karerasini tiklashi mumkin.

24 oktabr kuni UFC musobaqasida Nurmagomedov Geyji ustidan g‘alaba qozonib, yengil vaznda chempionlik kamarini himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi. Jangdan so‘ng Habib sportni tark etganini ma’lum qildi.

Nurmagomedov vazn toifalaridan qat’i nazar, UFCning eng yaxshi jangchilari reytingida birinchi pog‘onani egalladi. Uning hisobida 29 ta uchrashuv bo‘lib, barchasida g‘alaba qozongan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov sportni tark etishining yana bir sababini ma’lum qildi