23:52 / 13.11.2020
2 791

Tursunbay Qulaxmet: "Biz hali Isroil Madrimov bilan uchrashamiz"

Tursunbay Qulaxmet: "Biz hali Isroil Madrimov bilan uchrashamiz"
Profescional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida WBC International kamarlarini qo‘lga kiritgan Tursunbay Qulaxmet "IFL TV youtube" kanaliga intervyu berdi. U mazkur suhbat chog‘ida hamyurtimiz Isroil Madrimov haqidagi savollarga ham javob berdi.

- Ushbu vazn toifasi reytingida tez ko‘tarilishga erishayotgan, yana bir bokschi Isroil Madrimov ham bor. Siz u haqda nima deya olasiz?

Ushbu savolga uning tarjimoni javob berdi:
- Avvalo, ular necha bora ringda to‘qnash kelgani haqida gapirsak... Ikki bora o‘zaro jang olib borishgan. Bir safar Isroil Madrimov g‘alabaga erishgan bo‘lsa, o‘tgan yilgi Osiyo chempionatida Qulaxmet uni mag‘lub etgan. Hozirda hisob 1:1 ko‘rinish olgan. Biz aslida, profescional boksda o‘rta vazn toifasida (72 kg) faoliyat olib borishni reja qilgan edik. Ammo Qulaxmet o‘z faoliyatini boshlashdan oldin, Isroil Madrimov qaysi vaznda ekanligini so‘radi. Men unga super yarim o‘rta vaznda (69 kg) ekanligini aytganimdan so‘ng, u ham shu vaznda faoliyatini boshlashni ma’lum qildi. Albatta, professional ringda ham u bilan jang qilish niyatimiz bor.

- Bilasizmi, Isroil Madrimov sizning promouteringiz Li Itonning eng sevimli bokschilaridan biri hisoblanadi. Siz o‘z jangingiz bilan uning fikrini o‘zgartira olasizmi?
- Albatta!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tursunbay Qulaxmet: "Biz hali Isroil Madrimov bilan uchrashamiz"