08:30 / 15.11.2020
3 092

Diyor Imomxo‘jayev: "Alisher Nikimbayev bilan bir joyda ishlashni istamayman"

Diyor Imomxo‘jayev: "Alisher Nikimbayev bilan bir joyda ishlashni istamayman"
Sport telekanalida PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev ishtirokida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ushbu muloqot vaqtida Imomxo‘jayevga Alisher Nikimbayev borasida savol berildi.

"Alisher Nikimbayev zo‘r tanqidchi bo‘lsa, faqat PFLni emas O‘FAni ham tanqid qilishni o‘rgansin. U inson bilan birga ishlashni niyat qilganman, qachon Umid Ahmadjonov meni ishga taklif qilganda oldilariga uch marotaba kirganman. Ya’ni Alisher Nikimbayev bilan birga ishlashni so‘raganman. Aloqalarimiz yaxshi bo‘lgan. Umid aka istagan mutaxassisni olishimizni, lekin bu masalani boshqa ko‘tarmaslikni aytganlar. Keyinchalik ushbu fikr to‘g‘riligini tushunib yetdim. Mirabror Usmonov ham shu fikrda bo‘lgan edi. Alisher Nikimbayev haqida fikrim o‘zimda ham oxiri shakllandi. Tanqidlarini faqat men uchun qilayotganligini bilaman. Men tizim uchun, uni to‘g‘rilash uchun harakat qilaman. Bunday insonlarsiz ham futbolni yuqori darajaga olib chiqishga kuchimiz ham qurbimiz ham yetadi. Men bunday inson bilan bir joyda ishlashni istamayman", - deydi Diyor Imomxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev: "Alisher Nikimbayev bilan bir joyda ishlashni istamayman"