"Spartak" klubida to‘p tepayotgan legionerimiz Oston O‘runov biroz muddat oldin "Instagram" sahifasiga joylagan fotosurati haqida fikr bildirdi:
- Oston, mashg‘ulot maydonlari va "Otkritiye Arena"dan tashqari, Moskvadagi uchta sevimli joyingiz?
- "Aslida, menda Moskvani aylanish uchun ko‘p vaqt yo‘q. Chunki deyarli har doim mashg‘ulotda bo‘laman yoki jarohatimdan tiklanish jarayonini o‘tkazaman. Shunga qaramay, mening e’tiborimni darhol "Levantin" va "O‘zbekiston" restoranlari o‘ziga qaratdi".
- Hozircha, muxlislar uchun "Spartak"dagi eng yorqin voqeangiz, albatta, "Instagram"dagi xaridlardan so‘ng olingan suratingiz.
- "Shunchaki o‘zim uchun fotosurat joylashtirgan edim. Bu holat shunchalik shov-shuvga sabab bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Keyinroq yoshi katta tanishlarim menga qo‘ng‘iroq qilib, uni olib tashlash haqida maslahat berdi".
- Bu borada Shamil Gazizov bilan gaplashdingizmi?
- "U surat uchun qo‘ng‘iroq qilmadi, ammo keyin mashg‘ulotda ko‘rishganimizda: "Ajoyib fotosurat", dedi. Albatta, hazil tariqasida. Keyin u rasmlarni tarqatmaslik yaxshiroq ekanligini tushuntirdi", deya O‘runov jurnalistning savollariga javob berdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi