
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidanning “kursisi qimirlab” qolgan. Bu haqda COPE nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres agar jamoa YeChL guruh bosqich so‘nggi turidan o‘rin olgan “Borussiya” Myunxengladbaxga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lsa, fransiyalik mutaxassisni iste’foga chiqarmoqchi. Agar shunday holat yuz bersa, “Real” Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqa olmaydi.
“Real” futbolchilari Zidan uchun kurashmoqchi va uning iste’fosi yuz bermasligi uchun qo‘llaridan kelgancha harakatq qilishmoqchi.
Bundan avvalroq madridliklar rahbariyati Zidan o‘rniga Raul yoki Maurisio Pochettinoni olib kelishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar