
Turkiya ITF tasnifiga kiruvchi "F22 Futures" turniriga mezbonlik qildi. Unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etdi.
Erkaklar o‘rtasidagi juftlik bahslarida kurashga kirishgan Sanjar Fayziyev hamda Sergey Fomin uchun ushbu musobaqa muvaffaqiyatli o‘tdi va yakunda ular turnirni g‘olib sifatida yakunladi. Finalgacha 3 o‘yin o‘tkazgan sportchilarimiz hal qiluvchi o‘yinda mezbonlar qarshiligini sindira oldi.
Umut Akkaoyun va Mert Turkerga qarshi kechgan bahsda tennischilarimiz uchun oson bo‘lmadi. Ilk setni tay-brekda o‘z foydasiga hal qilgan vakillarimiz keyingisini raqibga boy berdi. Biroq kerakli pallada o‘zida kuch topa olgan Fayziyev va Fomin yakunda 7:6(7:4), 3:6, 10:7 hisobida g‘alaba qozondi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar