20:20 / 06.12.2020
2 728

Vadim Abramov: O‘runov jarohat olmagan bo‘lsa, u raqobatda yutqazmoqda

Vadim Abramov: O‘runov jarohat olmagan bo‘lsa, u raqobatda yutqazmoqda
Terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov Oston O‘runovning "Rubin"ga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
"O‘runovning "Rubin"ga o‘tishi mumkinligini eshitdim. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida uni doim maydonga tushishini istayman. Bu "Spartak" yoki "Rubin" safida bo‘lishi unchalik muhim emas. Albatta, u "qizil-oqlar" tarkibida o‘ynasa yaxshi bo‘lardi.

"Spartak"da O‘runovga kam o‘yin amaliyoti berilayotganligi haqida gapirish og‘ir. Agar u jarohat olmagan bo‘lsa, demak, Oston raqobatda yarim himoyaning boshqa vakillariga yutqazmoqda. Ammo, afsuski, u jamoamizga ham jarohat bilan kelgandi.

Agar O‘runov "Spartak"da qolsa, u hali ham o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Oldinda qishki tanaffus kutib turibdi. Mashg‘ulotlar mobaynida hamma narsa bo‘lishi mumkin. Istalgan futbolchi yig‘inlarda o‘zini ko‘rsata oladi
", - deya Abramov so‘zlarini "Vseprosport.ru" nashri keltirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: O‘runov jarohat olmagan bo‘lsa, u raqobatda yutqazmoqda