11:37 / 07.12.2020
2 988

O‘zbekiston Kubogi 1/8 final o‘yinlari boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Kubogi 1/8 final o‘yinlari boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi
Foto: PFL
Futbol bo‘yicha Coca-Cola O‘zbekiston Kubogining 1/8 final uchrashuvlari 7-8 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Professional futbol ligasi (PFL) uchrashuvlar boshlanish vaqti va unda faoliyat yuritadigan hakamlar ro‘yxatini ma’lum qildi.

Coca-Cola O‘zbekiston Kubogi
1/8 final bahslari

7 dekabr, dushanba

13:00 «Andijon» — «Nasaf»
14:00 «Oqtepa» — «Navbahor»
14:00 «Buxoro» — «Metallurg»
16:00 «Qizilqum» — «Bunyodkor»

8 dekabr, seshanba
13:00 «Qo‘qon-1912» — «Surxon»
14:00 «Mash’al» — «Sho‘rtan»
14:00 «Lokomotiv» — OKMK
16:00 «Paxtakor» — «So‘g‘diyona»

E’tiborlisi, Pro-Liga so‘nggi tur doirasida kechgan «Neftchi» — «Turon» uchrashuvida faoliyat yuritgan Shavkat Nasibullayev «Paxtakor» va «So‘g‘diyona» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarib boradi. Hakam Pro-Liga o‘yinchi «Neftchi» futbolchisidan kuchli zarba qabul qilib olgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Kubogi 1/8 final o‘yinlari boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi