13:09 / 12.12.2020
3 047

Keyingi mavsum Superligada 16 jamoa qatnashishi rostmi? - Diyor Imomxo‘jayev javob berdi

Keyingi mavsum Superligada 16 jamoa qatnashishi rostmi? - Diyor Imomxo‘jayev javob berdi
Superliganing yangi mavsumida 16 jamoa qatnashishi va "Aral" chempionatda ishtirok etishi borasida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlarga PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida bu borada gapirishga shoshilish kerakmasligi aytdi.

- Superligada qancha klub ishtirok etishi masalasi O‘FA Ijroqo‘mining 28 noyabr kungi yig‘ilishida ko‘tarilgan va unda "Aral" klubining istisno tariqasida Proligada ishtirok etishi masalasi bo‘yicha muhokama borgan. O‘sha masala bo‘yicha biz Qoraqalpog‘istonda bo‘ldik, safar xulosalarini avvalroq taqdim etgandik.

Futbol jamoatchiligi masalaga vazmin yondoshishi to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki bugun e’lon qilingan material muhokamaga qo‘yilgan, yakuniy qaror chiqmasidan turib, "Aral" Superligada o‘ynaydi, deb yozish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Boz ustiga muhokamada Superliga ishtirokchilari soni haqida so‘z ham yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas.

FIFA hukumatning futbolga g‘amxo‘rligini qadrlaydi, o‘z navbatida, sport tamoyillariga tashqi aralashuv bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. "Aral" futbol klubining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun sezilarli harakatlar bo‘layotgani rost, ammo bu klubning birdaniga Superligada o‘ynashini anglatmaydi
, - dedi Diyor Imomxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Keyingi mavsum Superligada 16 jamoa qatnashishi rostmi? - Diyor Imomxo‘jayev javob berdi