19:36 / 13.12.2020
4 136

"Jenoa" bosh murabbiyi "Yuve"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?

"Jenoa" bosh murabbiyi "Yuve"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
"Jenoa" ustozi Rolando Maran Italiya A Seriyasi 11-turi "Yuventus"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

"Biz "Yuventus"ga qarshi uchrashuvda "Jenoa"ning klassik o‘yinlaridan birini ko‘rsatmoqchimiz. Ikkala jamoa o‘rtasida farq bor albatta, ammo biz jamoaviy ruh orqali o‘yinni yutishga harakat qilamiz. Muxlislar bugungi bahsda katta yordam berishlari mumkin edi, biroq bugun bor kuchimiz bilan o‘ynab, natija qayd etishimiz kerak.

Ular bugungi bahsda yetakchilikni qo‘lga olishi va o‘ziga ishonishlari uchun kataloniyadagi g‘alaba katta ahamiyat kasb etadi deb o‘ylamayman. O‘z navbatida bizning o‘yinimizga ham "Yuve"ning natijalari va turnir jadvalidagi o‘rnimiz ta’sir qilmasligi kerak. Chempionatdagi egallab turgan pog‘onamiz o‘yinimiz bilan birga asta sekin yaxshilanib boradi
", - deydi Maran.

Turinliklar Chempionlar ligasi doirasida "Barselona"ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Klub ushbu g‘alabadan keyin Genuyaga tashrif buyurmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Jenoa" bosh murabbiyi "Yuve"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?