07:00 / 16.12.2020
1 778

"Andijon"ni Superligada olib qolgan Otabek G‘ulomxo‘jayev o‘yindan keyin nimalar dedi?

"Andijon"ni Superligada olib qolgan Otabek G‘ulomxo‘jayev o‘yindan keyin nimalar dedi?
“Andijon” klubi pley-off bahsida “Neftchi”ni ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratib, Superligadagi o‘rnini saqlab qoldi.
Bosh murabbiy Otabek G‘ulomxo‘jayevni aynan jamoani kuchlilar orasida olib qolish uchun taklif qilishgandi. Natijada u oldiga qo‘yilgan vazifani bajardi. “Neftchi”ga qarshi bellashuvdan so‘ng, bosh murabbiy o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Muhim o‘yindagi g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin borasida nimalar deya olasiz?
- Natija yaxshi bo‘ldiyu, ammo o‘yinning bosimi evaziga o‘ylagan rejalarimizning hammasi ham amalga oshmadi. Pala-partishlik hisobiga gol o‘tkazib yubordik. Biroq yigitlarga rahmat, o‘zlarida kuch topa oldilar. Zaxiradan maydonga tushganlar ham ishonchi oqladi. O‘yinning statusi balandligi uchun “Neftchi” ham jiddiy tayyorlangan. Butun jamoamiz nomidan Andijon xalqini Superligada qolgani bilan tabriklayman. Kelasi yili boshqacha “Andijon”ni ko‘rishadi, har tomonlama.

- Murabbiy sifatida bu siz uchun dastlabki katta g‘alaba. Chunki gapingizning ustidan chiqib, klubni Superligada saqlab qoldingiz...
- Xudoga shukr aytaman. Mana, “Andijon”dagi beshinchi o‘yinda jamoani saqlab qoldik. Endi bu bizga kelasi yili ikki karra ko‘p ishlash uchun motivatsiya. Doimgidek, Allohga tavakkal qildik. Futbolchilarga ishondik, ular esa bizga ishonishdi. Murabbiylikda bu bilan to‘xtab qolmaymiz.

- Bugungi o‘yin uchun futbolchilarga qanday bonus va’da qilingan?
- Yaxshigina mukofot pullari va’da qilingan. Bugunning o‘zidayoq pullarini olishadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)