Aleksandr Geynrix «Paxtakor»ga o‘tmoqda?!

O‘tgan haftada "Lokomotiv"ni tark etgan Aleksandr Geynrix "Paxtakor"ga o‘tayotgan ko‘rinadi. Bu haqda kecha bo‘lib o‘tgan "Lokomotiv"ga qarshi nazorat uchrashuvida matnli translyasiya uyushtirgan Qozog‘istonning "Astana" klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
"Bugungi raqibimiz — "Lokomotiv" tarkibida yo‘qotish bor. Aleksandr Geynrix temiryo‘chilar formasini paxtakorlar libosiga almashtirgan. Futbolchi "Paxtakor"ga o‘tgani haqida ma’lumotlar bor", - deyiladi xabarda.
Xabaringiz bor, Geynrix Qozog‘istonning "Irtish" klubiga o‘tishi munosabati bilan "Lokomotiv"ni tark etgani haqida xabarlar berilgan. Buni "temiryo‘lchilar" rasmiy sayti ham tasdiqlagandi. Biroq kuni kecha "Irtish" Geynrixning jamoaga o‘tishi haqida ma’lumotlar haqiqatdan yiroqligi, bu borada futbolchi bilan muzokaralar olib bormagani haqida bayonot berdi. Ushbu bayonotda Geynrixga Qozog‘istonning boshqa jamoasi "Taraz" qiziqayotgani haqida ma’lumot berilgan.
Hozircha "Paxtakor" rasmiy sayti Aleksandr Geynrix haqida hech qanday ma’lumot tarqatmadi.
Manba: www.stadion.uz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing