2 101
O‘FA Yuranning Oston O‘runovning yoshi haqidagi gaplariga munosabat bildirib, undan uzr so‘rashni talab qildi
Foto: «Sport-Express»
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) «SKA-Xabarovsk» futbol klubi bosh murabbiyi, «Spartak M» sobiq futbolchisi Sergey Yuranning «Match TV» telekanaliga bergan intervyusida O‘zbekiston terma jamoa a’zosi Oston O‘runov haqida fikrlari yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Avvalroq Yuran «Spartak»ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi ko‘rsatilgan yoshidan 4-5 yilga katta ekanini aytgandi.
- Sergey Yuranning O‘runovning yoshi 4-5 yilga katta ekanligi haqidagi so‘zlari O‘FA hamda butun o‘zbek futboli jamoatchiligini hayron qoldirdi.
Oston O‘runov O‘zbekistonning o‘smirlar, yoshlar, olimpiya va milliy terma jamoalari safida xalqaro miqyosdagi uchrashuvlarda maydonga tushib kelmoqda. Qit’ada yosh kichraytirish bilan bog‘liq muammolarni oldini olish uchun Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tomonidan qo‘yilgan talabga muvofiq O‘runov bir necha bor Magnit-rezonans tomografiyasidan (MRT) o‘tkazilgan. Tahlil xulosasiga ko‘ra futbolchining OFK tasnifiga kiruvchi musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berilgan.
Sergey Nikolayevich, shubhasiz, haqiqatdan bexabar va o‘zbek futbolidagi hozirgi vaziyat to‘g‘risida umuman tasavvurga ega emas. Nafaqat O‘FA, balki O‘zbekiston hukumati ham futbolchilarning yosh kichraytirish bilan bog‘liq muammolarga qarshi kurashishda barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirib kelmoqda. Istisnosiz barcha futbolchilarning hujjatlari, ularning yoshligidan boshlab, shu jumladan Respublikaning vakolatli organlari tomonidan o‘rganiladi va tekshirib boriladi.
Oston O‘runov nafaqat O‘zbekiston, balki butun Osiyodagi iqtidorli va istiqbolli futbolchilardan bir hisoblanadi. Futbolchiga nafaqat Rossiyaning, balki Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi qiziqish katta. Ishonchimiz komilki, agar O‘runovning yoshi kichik qilib ko‘rsatilgan yoki Sergey Yuran fikr bildirganidek «hamma bu haqda bilgan» bo‘lsa, chet elda mazkur futbolchiga bunday faol qiziqish bo‘lmagan bo‘lar edi.
Yuranning o‘ylamay aytgan so‘zlari Oston O‘runovning obro‘siga putur etkazadi hamda butun O‘zbekiston va Osiyodagi futbolchilarni tayyorlash tizimiga soya soladi. Sobiq futbolchi Sergey Yuran uning so‘zlari tufayli futbolchiga qanday ma’naviy zararni yetkazib qo‘yganini anglolmasa ham kerak. Ko‘rinishidan odob-axloq, to‘g‘riso‘zlik va o‘zi kabi futbolchilar bilan birdamlik tushunchalari Yuran uchun begonaga o‘xshaydi.
Biz Sergey Yuranning bayonotini asossiz va mas’uliyatsizlik deb hisoblaymiz hamda Oston O‘runovning yoshi bo‘yicha aytgan ayblovlari uchun darhol aniq dalil-isbot keltirishini talab qilamiz. Bundan tashqari ushbu mutaxassis Oston O‘runov, O‘FA hamda butun o‘zbek futboli jamoatchiligidan rasmiy ravishda uzr so‘rashini talab qilamiz.
Shuningdek, Rossiya futbol ittifoqi (RFS) Etika qo‘mitasini ushbu holatni sinchkovlik bilan o‘rganishga hamda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oston O‘runovga, o‘z navbatida O‘FA obro‘siga putur yetkazadigan ayblov bilan chiqish qilgan Sergey Yuranga chora ko‘rishga chaqiramiz.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi