08:28 / 24.12.2020
1 848

Vazirlik kelishilgan o‘yinlarda qatnashgan tennischi Temur Ismoilov haqida ma’lumot berdi

Vazirlik kelishilgan o‘yinlarda qatnashgan tennischi Temur Ismoilov haqida ma’lumot berdi
O‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilov kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun 7 yilga sportdan chetlatilgandi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ushbu holat yuzasidan bayonot berdi.

«Temur Chingizovich Ismoilov 1995 yil 14 yanvarda tug‘ilgan. 2013 yildan 2017 yilgacha O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. O‘sha yili oilasi bilan birga doimiy yashash uchun AQSHga ko‘chib ketganligi sababli terma jamoa safidan chiqarilgan.

T.Ismoilov haligacha AQSH fuqaroligini olmagani bois Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) hamda professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATR) tasnifiga kiruvchi musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida qatnashib kelgan.

Bugun, 2020 yil 23 dekabr kuni tennis o‘yinlarini tekshirishga mas’ul bo‘lgan Tennis Integrity Unit tashkiloti T.Ismoilovning ITF hamda ATR tasnifidagi turnirlarda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun 7 yilga sportdan chetlatilgani haqidagi qarorini matbuotda e’lon qildi.

Ayni paytda Temur Ismoilov tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi sifatida ro‘yxatda turmasligini ma’lum qilamiz
», deyilgan vazirlik bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, diskvalifikatsiya haqidagi qarorda Ismoilov uch marotaba – 2014, 2015 va 2019 yillarda kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani aytilgandi. Tennischining ATP reytingida eng yuqori pozitsiyasi 756-o‘rin bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vazirlik kelishilgan o‘yinlarda qatnashgan tennischi Temur Ismoilov haqida ma’lumot berdi