
Ma’lumki, Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov professional ringda navbatdagi g‘alabasiga erishdi. Yurtdoshimiz Rossiyaning “Mir boksa” promousheni menejeri Vadim Kornilov bilan hamkorlik qiladi. Albatta, hamyurtimizning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi barcha uchun birdek qiziq. Bu borada esa, Do‘smatov va bir qator o‘zbekistonlik bokschilarning yordamchi menejeri Alik Frolov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shu tarzda xabar berdi.
- “Vela Barker“ kubogi g‘olibi, Olimpiada chempioni Hasanboy Dusmatov (2-0 ) va nihoyat, yana ringga qaytdi. Jang sanasi 3 marta o‘zgardi, raqib ham bir necha marta o‘zgardi va bu jangni bo‘lishining sababchilari Vadim Kornilov hamda “Mir boksa”ga rahmat. Umid qilamizki, biz fevral oyida yana ringga qaytamiz, - deb yozgan Frolov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar