15:34 / 25.12.2020
1 568

Zlatan Ibragimovich karantin haqida: «Uy bilan suhbatlashdim va devorlarga ism qo‘yib chiqdim»

Zlatan Ibragimovich karantin haqida: «Uy bilan suhbatlashdim va devorlarga ism qo‘yib chiqdim»
Foto: Twitter
«Milan» hujumchisi Zlatan Ibragimovich koronavirusga chalingan vaqtida o‘zini qanday his qilgani haqida gapirdi.
- "Koronavirusga chalingan vaqtim, avvaliga o‘ta xotirjam edim. Bu nima ekanini bilishga qiziqish bor edi. Bu virus butun dunyoga zarba berdi, ulkan tragediya va u menga keldi.

Uyda o‘tirib, o‘zimga shunday dedim: «Ko‘ramiz, nima bo‘lar ekan». Menda bosh og‘riq bor edi. U qadar dahshatli emas, biroq asabga tegadigan og‘riq. Biroz ta’m bilish qobiliyatimni yo‘qotdim.

Hamma vaqt asabiy ruhda o‘tirdim, chunki ko‘chaga chiqa olmas yoki yaxshi mashg‘ulot o‘tkaza olmasdim. Men uchun bekorchi o‘tirish — bu falokat.

Shunday vaqt keldiki, men uy bilan gaplashishni boshladim va devorlarga ism qo‘yib chiqdim. Bunday holatda bor e’tiboring faqat virusda bo‘ladi va sen buning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ayanchli holatlar haqida o‘ylashni boshlaysan — hatto o‘zingda yo‘qlari haqida ham. Bu dahshatli virus, u bilan bahslashish mumkin emas
", - deydi «Milan» futbolchisi Zlatan Ibragimovich.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich oktabr oyida koronavirus yuqtirib oldi va undan davolandi. Ayni vaqtda futbolchi jarohatini tiklash bilan band. Shvetsiyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada 6 o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zlatan Ibragimovich karantin haqida: «Uy bilan suhbatlashdim va devorlarga ism qo‘yib chiqdim»