Foto:championat.asia
So‘nggi kunlarda "Paxtakor" vingeri Jaloliddin Masharipovga oid xabarlar ko‘pchilikning diqqatini tortmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Masharipov 27 dekabr kuni Dubayda yangi klubiga o‘tish oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Dushanba kuni esa tibbiy tekshiruv natijalari ijobiy chiqqan va ma’lumotlar xorazmlik o‘yinchining bo‘lajak jamoasiga yuborilgan.
O‘zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisining yangi klubi Saudiya Arabistonining "Al Nassr" jamoasi bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, tibbiy tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgan Jaloliddin riyodliklar bilan 3+0.5 ko‘rinishida shartnoma imzolaydi. Ya’ni, uning kelishuvi 2023 yilning 31 dekabr kuni nihoyasiga yetadi. Klubda esa o‘zaro kelishuvni avtomatik tarzda yana yarim mavsumga uzaytirish imkoniyati bo‘ladi. Shunda vingerimiz "Al Nassr" tarkibida 2023-2024 yilgi mavsumni to‘liq tugatib qo‘yishi mumkin bo‘ladi.
Tomonlar o‘zaro shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishib bo‘lishgan, faqatgina klublar ayrim bandlarni kelishib olishsa bo‘ldi. Transfer 99 foizga amalga oshib ulgurdi, faqat so‘nggi qadamlar va rasman e’lon qilish qolgan.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Saudiya Arabistoni Pro ligasida 10ta tur ortda qolgan. "Al Nassr" ortda qolgan 10 o‘yinda 2ta g‘alaba, 2ta durang va 6ta mag‘lubiyat qayd etgan holda turnir jadvalida 15-pog‘onada bormoqda. Klub qoniqarsiz natijalar sabab 28 dekabr sanasida portugaliyalik murabbiy Rui Vitoriani iste’foga chiqargan. Ayni paytda riyodliklarni vaqtincha yoshlar jamoasi ustozi Alen Xorvat boshqarib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Jaloliddin Masharipov yakunlangan mavsum "Paxtakor" safida Superligada 23ta o‘yinda ishtirok etgan va 6ta gol urib, 14ta golli pas bergan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi