
Foto: Getty Images
Professional boksning yengil vazn toifasida (-61,2 kg) ringga chiqayotgan amerikalik yengilmas bokschi Rayan Garsiya (21-0, 18 KO) Toshkent vaqti bilan 3 yanvar tongida navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Dallasda (AQSH) tashkil etiladigan boks oqshomida Garsiyaga britaniyalik Lyuk Kempbell (20-4, 16 KO) raqiblik qiladi. Ikkinchi raundda britaniyalik bokschi Garsiyani nokdaun holatiga tushirdi, biroq Rayan bu vaziyatdan chiqib keta oldi. Yettinchi raundga kelib, 22 yoshli bokschi tanaga yo‘llangan zarba orqali Kempbellni nokautga uchratdi.
Shu tariqa Garsiya WBC’ning vaqtinchalik chempioni maqomini qo‘lga kiritdi. Endi u kamar sohibi Devid Heyniga (24-0, 15 KO) qarshi jang qilish uchun majburiy da’vogarga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Lyuk Kempbell London—2012 Olimpiadasi chempioni hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.