
Rossiya terma jamoasining sobiq a’zosi Diniyar Bilyaletdinov "Spartak"ning joriy transferlar oynasi vaqtida amalga oshiradigan ishlarini taxmin qildi:
"O‘ylashimcha, O‘runovni ketkazib yuborishadi. U "Spartak"da juda kam ish bajardi va maydondagi daqiqalari miqdori ham ko‘p emas. Uni ushlab o‘tirishdan naf ko‘rmayapman. Roshaning ham moskvaliklarga keragi yo‘q. U Ponse bilan deyarli bir xil pozitsiyada harakat qiladi.
Xendriks transferi haqida nimadir deyishim qiyin. U haqida batafsil ma’lumotga ega emasman. Ammo jamoaga yaxshi darajadagi tayanch yarim himoyachisi kerakligi aniq. Shuning uchun, niderlandiyalikning xaridi ancha qiziqarli kechishi mumkin", - dedi sobiq futbolchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing