Yangi mavsumda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari UYEFA chempionlari ligasida “Shaxtyor” (Soligorsk) klubiga muxlislik qiladigan bo‘lishdi. Bekobodning “Metallurg” jamoasi hujumchisi va to‘purari Shahzod Ubaydullayev Belarus chempioni – “Shaxtyor” klubi bilan shartnomani rasmiylashtirdi.
Belarus chempionatida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar soni yana bir nafarga oshdi. «Metallurg» klubining 22 yoshli hujumchisi 8 yanvar sanasida Belarusga uchib ketgandi. Ubaydullayev bo‘lg‘usi klubi qarorgohida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Kecha tomonlar bir to‘xtamga kelishdi hamda o‘zaro shartnoma imzolandi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mazkur klub sharafini o‘zbekistonlik boshqa bir o‘yinchi Jasur Yaxshiboyev ham himoya etgandi.
Shahzod Ubaydullayev o‘tgan yili “Metallurg” tarkibida Superliganing 26ta o‘yinida maydonga tushib, 8 ta gol urgandi. Bundan tashqari Shahzod Ubaydullayev 2020 yilgi mavsumdan e’tiboran O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari e’tiboriga tushdi. MTJning yig‘inlariga jalb etildi va uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiridi. Shahzod o‘zining O‘zbekiston MTJ tarkibidagi debyut uchrashuvidayoq Tojikiston milliy terma jamoasi darvozasini ishg‘ol etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas