Yangi mavsumda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari UYEFA chempionlari ligasida “Shaxtyor” (Soligorsk) klubiga muxlislik qiladigan bo‘lishdi. Bekobodning “Metallurg” jamoasi hujumchisi va to‘purari Shahzod Ubaydullayev Belarus chempioni – “Shaxtyor” klubi bilan shartnomani rasmiylashtirdi.
Belarus chempionatida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar soni yana bir nafarga oshdi. «Metallurg» klubining 22 yoshli hujumchisi 8 yanvar sanasida Belarusga uchib ketgandi. Ubaydullayev bo‘lg‘usi klubi qarorgohida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Kecha tomonlar bir to‘xtamga kelishdi hamda o‘zaro shartnoma imzolandi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mazkur klub sharafini o‘zbekistonlik boshqa bir o‘yinchi Jasur Yaxshiboyev ham himoya etgandi.
Shahzod Ubaydullayev o‘tgan yili “Metallurg” tarkibida Superliganing 26ta o‘yinida maydonga tushib, 8 ta gol urgandi. Bundan tashqari Shahzod Ubaydullayev 2020 yilgi mavsumdan e’tiboran O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari e’tiboriga tushdi. MTJning yig‘inlariga jalb etildi va uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiridi. Shahzod o‘zining O‘zbekiston MTJ tarkibidagi debyut uchrashuvidayoq Tojikiston milliy terma jamoasi darvozasini ishg‘ol etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Yaxshiboyev: “Shaxtyor”ga Yevropa chempionlar ligasida o‘ynagani keldim

Belarusning «Shaxtyor» klubi Yaxshiboyev transferini e’lon qildi

“Shaxtyor” Yaxshiboyevni olish uchun eng zo‘r to‘purarini sotmoqda

Shahzod Ubaydullayev: "Terma jamoadan taklif olishga tayyorman"

Superliga. "Metallurg" Muborakda "Buxoro"ni yirik hisobda taslim qildi

Terma jamoamizning yana bir a’zosi Yaponiya klubi bilan shartnoma imzoladi