1 945
Bektemir Meliqo‘ziyev va Sergey Kovalyov o‘rtasidagi jang «Lujniki» stadionida o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
Kollaj: «Daryo»
Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (6-0, 5 KO) va yarim og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO chempionlik kamarlarining sobiq sohibi Sergey Kovalyov (34-4-1, 29 KO) o‘rtasidagi jang Rossiyada bo‘lib o‘tmaydigan bo‘ldi.
Jurnalist Maykl Koppinjerning xabar qilishicha, Bektemir va rossiyalik bokschi o‘rtasidagi bellashuv AQSHning Indio shahrida (Kaliforniya shtati) bo‘lib o‘tadi. Biroq jang o‘tkaziladigan sana o‘zgarishsiz qolgan — 30 yanvar.
Meliqo‘ziyev va Kovalyov o‘rtasidagi jang avvalroq Moskvaning «Lujniki» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi.
Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, ushbu kechada Sheyn Mosli Junior va Jeyson Kuigli o‘rtasidagi jang ham bo‘lib o‘tadi.
Kovalyov o‘zining so‘nggi jangini 2019 yil 2 noyabrida meksikalik Saul «Kanelo» Alvaresga qarshi o‘tkazib, 11-raundda nokautga uchrab mag‘lub bo‘lgan.
Bektemir Meliqo‘ziyev hozirgacha professional boksda 6 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan, 5 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Bektemir so‘nggi jangini 2020 yil 30 oktabrida meksikalik Alan Kampaga (17-6, 11 KO) qarshi o‘tkazib, 3-raunddagi nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!