07:10 / 21.01.2021
2 233

"Mash’al" afrikalik futbolchilar bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Ulardan biri Nigeriya terma jamoasida o‘ynagan (foto)

"Mash’al" afrikalik futbolchilar bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Ulardan biri Nigeriya terma jamoasida o‘ynagan (foto)
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Muborakning “Mash’al” jamoasi o‘z tarkibni kuchaytirish maqsadida Nigeriya fuqarolari bo‘lgan ikki futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Nigeriyalik xujumchi Samuel Ononivu 1997 yil 10 fevralda Kano shahrida tavallud topgan. Samuel Nigeriya terma jamoasida va Mavrikiy davlatining Superliga klublari "Silvester" va "Bolton Siti"da to‘p tepgan. Mazkur futbolchi bilan “Mash’al” uch yillik bitimni imzoladi.

Shuningdek 1999 yil 12 sentabrda Lagos shahrida tavallud topgan yarim himoyachi Ukeme Uilyams ham endilikda muborakliklar a’zosi hisoblanadi. Uilyams Nigeriyaning «Bendel Inshurens», «El-Kanemi Varriors», «Vikki Turists» va «Akva Yunayted» klublarida faoliyat yuritgan. 21 yoshli futbolchi “gazchi”lar bilan uch yillik sharntoma imzoladi. Endilikda bu legionerlar “Mash’al” sharafini himoya qilishadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Mash’al" afrikalik futbolchilar bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Ulardan biri Nigeriya terma jamoasida o‘ynagan (foto)