22:15 / 24.01.2021
2 238

Konor Makgregor: «Tez orada qaytaman, 2021 yilda meni yana ko‘rasiz»

Konor Makgregor: «Tez orada qaytaman, 2021 yilda meni yana ko‘rasiz»
Foto: Getty Images
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan UFC 257 musobaqasida Dastin Porega qarshi jang olib bordi va ikkinchi raundda nokautga uchrab mag‘lub bo‘ldi. Jangdan so‘ng irlandiyalik yakkakurashchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Uzoq vaqt faol bo‘lmagandim. Bir yildan oshdi. Oyoq zarbalari katta muammo tug‘dirdi. Meni 2021 yilda yana ko‘rasiz. Menga faollik kerak. Oyoqqa turish va qaytish kerak, men bu ishni qilaman. Bu zarbani qabul qilaman, biroq bir qancha muddatdan keyin yana qaytaman.

Hozir vaqtni oilam bilan o‘tkazishni xohlayman, dam olaman va keyin yana ishga kirishaman
», — deydi Konor.

Bu Pore va Makgregor o‘rtasidagi ikkinchi jang bo‘ldi. 2014 yilda Konor raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Makgregor so‘nggi bor 2019 yilning 19 yanvarida Donald Serronega qarshi jang qilgan va unda 40-soniyadayoq raqibini nokautga uchratgandi. Pore esa iyun oyida Den Hukerni mag‘lub etgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konor Makgregor: «Tez orada qaytaman, 2021 yilda meni yana ko‘rasiz»