
OFK OCHLning 2021 yilgi mavsumi guruh bosqichi uchun taqvimini e’lon qildi. Markazlashgan formatda o‘tadigan guruh bosqichida "Paxtakor" 14-29 aprel kunlari ishtirok etadi.
Hozircha "V" guruhi o‘yinlari qayerda bo‘lib o‘tishi noaniq. Guruhda vakillari bor assotsiatsiyalar uni qabul qilish uchun OFKga ariza topshirishlari mumkin. Ariza OFKni qoniqtirgan holatda o‘sha guruh bahslarini biror mamlakatda bo‘lib o‘tishi borasida qaror qabul qilinadi.
Guruh bosqichini jamoamiz Eronning "Traktor" klubiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Ikkinchi turda pley-off g‘olibi bilan to‘qnash kelamiz. Keyin esa "Sharja" bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Taqvim bilan tanishib oling.
1-tur, 14 aprel
"Paxtakor" - "Traktor"
2-tur, 17 aprel
Pley-off g‘olibi - "Paxtakor"
3-tur, 20 aprel
"Sharja" - "Paxtakor"
4-tur, 23 aprel
"Paxtakor" - "Sharja"
5-tur, 26 aprel
"Traktor" - "Paxtakor"
6-tur, 29 aprel
"Paxtakor" - pley-off g‘olibi “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing