
Foto: «Spartak M» FK
Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in o‘tkazayotgan «Paxtakor» jamoasi 30 yanvar, shanba kuni Moskvaning «Spartak» klubi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida Dragan Cheran penaltini aniq ijro etgan holda hisobni ochgan bo‘lsa, bunga moskvaliklar 30-daqiqada Aleks Kralning goli bilan javob qaytardi.
Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa tarkiblari to‘liq almashdi. 87-daqiqada Roman Zobnin o‘zining aniq zarbasi bilan rossiyaliklarning g‘alabasini ta’minladi. Mazkur bahsda «Spartak»ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O‘runov ishtirok etmadi.
«Spartak» — «Paxtakor» 2:1
Gollar: 0:1 – 7, penalti Cheran, 1:1 – 30 Kral, 2:1 – 87 Zobnin.
«Spartak» (1-bo‘lim): Maksimenko, Jigo, Jikiya, Hendriks, Ayrton, Ignatov, Kral, Yeshenko, Bakayev, Pedro Rosha.
«Spartak» (2-bo‘lim): Selixov, Kutepov, Maslov, Gaponov, Mozes, Markitesov, Zobnin, Umyarov, Larsson, Sobolev, Pedro Rosha.
«Paxtakor» (1-bo‘lim): Suyunov, Alijonov, Azmiddinov, Ismoilov, Yo‘ldoshev, Hamrobekov, Xolmatov, Erkinov, Cheran, Turg‘unboyev, Derdiyok.
«Paxtakor» (2-bo‘lim): Quvvatov, Sayfiyev, Ismoilov, A’zamov, Komilov, Sobirxo‘jayev, Hamrobekov, Roziyev, Temirov, Erkinov, Yo‘ldoshev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar