08:38 / 03.02.2021
1 855

Sud Aleksey Navalniyga 3,5 yillik qamoq jazosini tayinladi

Sud Aleksey Navalniyga 3,5 yillik qamoq jazosini tayinladi
Foto: Moskva shahar sudi matbuot xizmati
Moskvadagi Simonov tuman sudi Jazoni ijro etish federal xizmatining da’vosini qanoatlantirdi va siyosatchi Aleksey Navalniyga «Iv Roshe» ishi yuzasidan 3,5 yillik qamoq jazosini tayinladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Navalniyning avval uy qamog‘ida taxminan 10 oy bo‘lgani inobatga olingan va endi u uch yarim yilni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tkazadi.
Hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar Navalniy qamoqda ushlab turiladi. Siyosatchining himoyachilari qaror yuzasidan shikoyat qilishga tayyorligini bildirgan.

Sayyor majlis davomida Jazoni ijro etish federal xizmati vakili Navalniyning shartli ravishda jazoni ijro etish vaqtida 50 marta qoidabuzarlik sodir etgani, jumladan, idorada ro‘yxatdan o‘tmagani, jazoni ijro etishdan bosh tortganini bildirgan. Prokuratura ham xizmat qayd etgan holatlarni tasdiqlagan. Siyosatchining advokatlari xizmat da’vosini rad etishni taklif qilgan.

Moskva shahar sudida o‘tgan majlis vaqtida sud binosiga kelgan 300 dan ziyod odam hibsga olingan.

AQSH tezkorlik bilan hech qanday shartlarsiz siyosatchi Aleksey Navalniyni ozodlikka chiqarishni talab qilmoqda. Bu haqda mamlakat davlat kotibi Entoni Blinken bayonot bilan chiqish qilgan.

«Biz Rossiya hukumatidan yana bir marta tezkorlik bilan hech qanday shartlarsiz janob Navalniyni ozodlikka chiqarishni so‘raymiz. Nafaqat u, balki asossiz ravishda hibsga olingan boshqa fuqarolarning ham huquqlari poymol bo‘lmasligi kerak va ular so‘z erkinligi, tinchlik yo‘li bilan yig‘ilishlar tashkil qilishga haqli», – degan Blinken.

Shuningdek, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab ham Navalniyni zudlik bilan ozod qilish haqida bayonot bergan.

Aleksey Navalniy 2020 yil avgustdan beri Germaniyada edi. U Tomsk—Moskva samolyotida o‘zini yomon his qilgani sababli davolanish uchun olib ketilgan. Tahlillar natijasiga ko‘ra, Navalniy «Novichok» guruhidagi modda bilan zaharlangani ma’lum bo‘ldi. Dekabr oyida Bellingcat va The Insider siyosatchini Federal xavfsizlik xizmatining sakkiz nafar xodimidan iborat maxsus guruh zaharlagani ta’kidlangan tekshiruv natijalarini e’lon qildi.

Navalniy 17 yanvar kuni kechqurun Berlindan Moskvaga qaytib keldi. Sheremetevo aeroportida siyosatchi «Iv Roshe» ishi doirasida hibsga olindi va Ximki shahridagi politsiya bo‘limiga olib ketildi. Ximki shahar sudi Aleksey Navalniyni 15 fevralga qadar qamoqqa olish bo‘yicha hukm chiqargan.

28 yanvar kuni Moskva viloyat sudi Aleksey Navalniyning advokatlari tomonidan siyosatchining Moskvadagi «Matrosskaya tishina» nomli tergov izolyatoridan ozod qilinishini talab qilgan apellyatsiya shikoyatini rad etgan. Uchrashuv davomida Navalniy tergov izolyatoridan videoaloqa orqali nutq so‘zlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sud Aleksey Navalniyga 3,5 yillik qamoq jazosini tayinladi