Dubayda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiyaning "Zenit" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi va yirik 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan keyin terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov O‘FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Afsuski, 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldik. Menimcha, bu raqibning bir ikki kundan keyin Yevropa Ligasida o‘ynaydigan tarkibi. Ular bizga qaraganda bu o‘yinga ancha tayyor edi. 4ta gol biz uchun, albatta, ko‘p. Iordaniyaga qarshi bahsda boshqa rejalarimizni ham amalga oshirib ko‘ramiz. Muxlislar natijadan hafa bo‘lganligi aniq, ammo biz zaxira kuchlarimizni sinab ko‘rishimiz kerak edi. O‘zimiz ham buncha gol o‘tkazib yuborganimizdan ranjidik. Oldinda vaqt bor va hammasini to‘g‘rilaymiz. Yig‘inga taklif qilingan futbolchilar bilan kelajakda hamkorlik qilishimiz mumkin. Shu bois, ularning imkoniyatlarini ko‘rib oldik", - dedi Abramov.
Ma’lumot uchun, "Zenit" YECHL "F" guruhida 1 ochko bilan 4-o‘rinni olgandi. Shu sababli, piterliklar Yevropa Ligasida ham ishtirok eta olmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!