Ayni paytda boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari navbatdagi yig‘inni olib bormoqdalar. Biz ushbu yig‘in haqida terma jamoamiz a’zosi, jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilovning fikrlari va oldindagi rejalar bilan qiziqdik.
"5 fevraldan buyon Toshkent viloyatidagi "Yangiobod" o‘quv bazasida yig‘in olib bormoqdamiz. Bu safargi yig‘inimiz 19 fevralga qadar davom etadi. Ayni paytda asosiy e’tiborni umumiy jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratganmiz.
Yig‘indan so‘ng Bolgariyada o‘tkaziladigan an’anaviy "Stranja" xalqaro musobaqasiga yo‘l olamiz. Ushbu turnir Tokio Olimpiadasi uchun tayyorgarlikda muhim ahamiyatga ega. Bu karantindan keyingi ilk xalqaro musobaqa bo‘ladi va men ushbu turnirdan oltin medal bilan qaytmoqchiman.
Nasib qilsa, Tokio Olimpiadasiga munosib tayyorgarlik ko‘rib, Yaponiyadan O‘zbekistonga yorug‘ yuz bilan qaytib kelamiz", - dedi Mirazizbek Mirzahalilov.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!