Hamma terma jamoaning mag‘lubiyatini muhokama qilyapti. Bu dunyoda muhimroq masalalar ham bor. Keling hozir shu haqda...
Esingizdami, 28 noyabr kuni O‘FA matbuot xizmati tashkilot Etika qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan 04/2020, 05/2020 – sonli qarorlarni e’lon qildi — Jasur Muxtorov, Asker Nadjafaliyev va Temur To‘xtasinov jazoga tortildi (aniqrog‘i, jazolanganlar orasida faqat shularning nomi ommaga oshkor qilindi va urg‘u "sotilgan" hakamlarga qaratildi).
Shundan keyin bu mavzuga bir necha bor to‘xtaldik va har gal adolat qaror topishi uchun klublarni ham jazolash kerakligini aytdik. O‘shanda FA mutasaddisi javob qaytardi: bu 1-2 kunda bitadigan ish emas, kutish kerak. Mana, 1 yoki 2 emas, 72 kun kutdik. Tez orada yangi mavsum start oladi. Natija? Albatta, natija bor: yana bir necha nafar hakamlar va futbol ichidagi kishilar jazoga tortildi. Klublar masalasi esa hamon ochiqligicha qolmoqda. Bizda bu masalada bir nechta savol bor. Qaysiki, bir necha oydan beri aniq javobi aytilmayotgan.
1. Hakamlar O‘FA Etika qo‘mitasining qarori bilan jazolangani aytilmoqda. O‘sha qo‘mita o‘z qarorlarini qaysi normalar asosida chiqaryapti? Qandaydir nizom bormi?
2. Nima uchun kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan futbol klublarini jazolash ishi paysalga solinmoqda? O‘zi bu rejada bormi? Unda qachon jazolanadi? Yoki 2016 yilgi voqealar yana takrorlanadimi?
Yuqoridagi savollarga javob berish tashkilotning vazifasi. Allaqachon O‘FA rasmiy sayti orqali bu haqda to‘liq ma’lumot berilishi kerak edi. Mayli, futbolimiz kelajagi haqida qayg‘urayotgan mutasaddilarning oldida yana bir necha kun vaqt bor. Shu muddat ichida tashkilot mas’ullari rasmiy tarzda javob qaytarishlarini so‘rab qolamiz.
Aks holda, 20 fevral kuni o‘tkaziladigan Superliganing 2021 yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimidan keyin "championat.asia" shu mavzuda to‘plagan barcha ma’lumotlarini e’lon qiladi. Iltimos, o‘z majburiyatlaringizni o‘z vaqtida bajaring!
F. Ro‘ziyev
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!