22:22 / 19.02.2021
1 990

Mahmud Murodov: «Floyd Meyvezerni O‘zbekistonga olib kelamiz»

Mahmud Murodov: «Floyd Meyvezerni O‘zbekistonga olib kelamiz»
Foto: Instagram
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov (26-5) boks bo‘yicha beshta vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Floyd Meyvezer (50-0, 27 KO) haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Floyd Meyvezerdan nimani o‘rgandim? Ko‘p narsani, biznesni! U aslida Instagram yoki ijtimoiy tarmoqlarda ko‘ringani kabi emas, u hayotda butkul boshqacha.

Nasib qilsa, O‘zbekistondagi Humo Arena’da katta musobaqa o‘tkazsak, Meyvezer va ko‘plab boshqa chet ellik yulduzlarni olib kelamiz. Meyvezerga O‘zbekistonning mehmondo‘stligini ko‘rsatamiz, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlariga olib boramiz, albatta. Har bir shaharda o‘sha viloyatning palovi bilan mehmon qilamiz
", - dedi Mahmud Murodov.

Murodov shu vaqtga qadar UFC’da uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib chiqqan. So‘nggi bor u UFC 257 musobaqasining asosiy kardida amerikalik Endryu Sanchesga (12-6) qarshi jang qilgan va uchinchi raunddagi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. Shuningdek, Mahmud UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10) uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik sportchi Meyvezer promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mahmud Murodov: «Floyd Meyvezerni O‘zbekistonga olib kelamiz»