18:00 / 20.02.2021
1 715

Mahmud Murodov hayotda nimani yo‘qotishdan qo‘rqishini aytdi

Mahmud Murodov hayotda nimani yo‘qotishdan qo‘rqishini aytdi
Foto: Getty Images
O‘rta vazn toifasida harakat qiluvchi o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov (25-6) hayotda nimani yo‘qotishdan qo‘rqishi haqidagi savolga javob qaytardi.

- "Hayotda faqatgina ota-onamni yo‘qotishdan qo‘rqaman, boshqa hech narsa. Va, albatta, Yaratgandan qo‘rqaman. Hamma narsa qanday kelgan bo‘lsa, shunday ketadi", - deydi Mahmud Murodov.

Murodov shu vaqtga qadar UFC’da uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib chiqqan. So‘nggi bor u UFC 257 musobaqasining asosiy kardida amerikalik Endryu Sanchesga (12-6) qarshi jang qilgan va uchinchi raunddagi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. Shuningdek, Mahmud UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10) uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mahmud Murodov hayotda nimani yo‘qotishdan qo‘rqishini aytdi